TA`LIM YANGILIKLARI

Апр 11 2021

KARANTINDA UNUMLI MEHNAT

 

Hozirgi vaqtda ko‘pchilik uyda ekanini inobatga olib, uyidan turib internet orqali pul topishni o‘rganish juda muhim. Ko‘pchilikka bu juda qiyindek ko‘rinishi mumkin.

“Lekin internet orqali pul topish mumkin bo‘lgan platformalardan biri upwork.com’ga kirib ko‘rsam, ushbu platforma orqali O‘zbekistonda yashab 10 ming dollar va undan yuqori bo‘lgan summani shu vaqtgacha topgan insonlar anchagina ekan.

Ular nafaqat Toshkentda, balki respublikamizning turli hududlarida yashab, hozirgi kunda bemalol uyidan turib, chet elga o‘z xizmatlarini ko‘rsatmoqdalar. Ya’ni bu qo‘shimcha daromad bilan birga O‘zbekistonga valyuta olib kelishga ham xizmat qiladi. Mana, ularni ba’zilarining shu vaqtgacha aqliy mehnati orqali qancha mablag‘ ishlaganini profillaridan ko‘chirmalarda ko‘rishingiz mumkin”.

Ish yo‘nalishlari tahlil qilinsa, yaxshi daromad topadiganlar AKT sohasi mutaxassislari ekanligi ko‘rinadi. Lekin, shu bilan birga, dizaynerlar, tarjimonlar, iqtisodiy tahlilchilar kabi qator mutaxassislar O‘zbekistonda yashab, internet orqali o‘z xizmatlarini eksport qilayotganligini kuzatish mumkin.

“Bu platforma, albatta, ingliz tilidan tashqari biron sohada yuqori malakani ham talab qiladi, lekin undan boshqa kamroq malaka talab qiladigan (shuningdek, kamroq daromad topadigan) platformalar ham anchagina, masalan www.mturk.comwww.clickworker.com va boshqalar orqali yuqori malaka talab qilmaydigan sodda ishlarni bajarib, qo‘shimcha daromad olish mumkin”

Sherzod Shermatov. Xalq ta’limi vaziri