“UEM” - UY ELEKTRON MAKTABI LOYIHA

Мар 08 2017

Xozirgi kunda fan va texnika taraqqiyoti juda tezlik bilan rivojlanishda. Bilim olish uchun deyarli barcha shart-sharoitlar yaratilgan.  Bu borada mustaqil O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar jahonning xech bir davlatida uchramaydi. «Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi» amaliyotga joriy etilgani va o‘z samarasini berayotgani jahon afkor ommasining taxsiniga sazovor bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda ta’limning “O’zbek modeli” muhtaram birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan chuqur va atroflicha o‘ylangan siyosatning oqilona xosilasidir.

Muhtaram birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan olib borilgan oqilona siyosat hamda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar farzandlarimizning sog‘lom va oqil bo‘lib, kasb-hunarga ega bo‘lib hayotda o‘z o‘rnini topishiga, orzu-niyatlarini oshishiga dasturilamal bo‘ladi.

Mana shu yutuqlardan ilxomlangan xolda mazkur loyihani xayotga tadbiq etishga bel bog‘ladim.
Xozirda nafaqat O’zbekistonda balki butun dunyoda imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berish, kelajakda jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida yetishtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 

Loyihaning maqsadi:

Loyihaning asosiy maqsadi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘qitishga jalb etgan xolda o‘quvchilar bilim darajasini bir necha barobarga oshirish, o‘quvchilarni mustaqil ta’lim olishlariga, ayniqsa imkoniyati cheklangan bolalarga uy sharoitida ta’lim berish uchun “Uy elektron maktabi”  tizimini ishlab chiqishdan iborat.

Uy sharoitida yanada chuqurroq bilim olishni istagan o‘quvchi istagan fandan  (o‘zbek, ingliz, rus, qoraqalpoq tillarida) darslarni tomosha qilmoqchi bo‘lsa – UEM disklari (dasturiy ta’minot) dan kompyuter yoki DVD yordamida foydalanishi mumkin.

Nafaqat o‘zi ta’lim olayotgan maktabida faoliyat ko‘rsatayotgan balki respublika miqyosida taniqli o‘qituvchilarning darslaridan uyda, muolaja olayotgan shifoxonada, dam olayotgan oromgohda – xoxlagan joyda va vaqtda foydalanishi mumkin. Tushunmagan savollariga mazkur darslarni qayta-qayta tomosha qilish yoki boshqa o‘qituvchilarning shu kabi videodarslarini tomosha qilish orqali javob topishi mumkin. O’zini qiziqtirgan savollarni internet yoki telefon orqali loyiha tashkilotchilariga yetkazishi mumkin.  Mazkur loyiha har yili Respublika Ta’lim markazi va tegishli mutaxassislar tomonidan muntazam taxlil  qilib boriladi va kamchiliklar bartaraf etib boriladi.

“UEM” - UY ELEKTRON MAKTABI
Loyiha bo‘yicha qilinadigan ishlar rejasi:

o‘z fanining bilimdonlari bo‘lgan tajribali, fidoiy o‘qituvchilarni jalb etgan xolda barcha fanlardan amaldagi Davlat ta’lim standartlari asosida video darslar hamda mazkur darslarga aloqador bo‘lgan testlar bankini, qiziqarli o‘yinlar, boshqotirmalar, mashqlar jamlanmasini yaratish (bir necha variantlarda) ;

  • to‘plangan videodarslarni ingliz, rus, qoraqalpoq tillariga tarjima qilish;
  • ruhshunoslar, surdo tarjimonlar, logopedlar va defektologlar yordamida mazkur videodarslarni surdo tarjimasini yaratish, subtitrlar yozish;
  • mutaxassislarni jalb etgan xolda dasturiy ta’minot xoliga keltirish ;
  • tayyor dasturiy maxsulotni (ko‘p variantlilik asosida) tegishli idoralar va tashkilotlar ko‘magida  foydalanuvchilarga yetkazish.

                                                                                      
Mazkur loyiha nafaqat bolalar balki yoshidan qat’iy nazar o‘z bilimi, ilmiy salohiyatini oshirish istagidagi insonlarga yaqindan yordam beradi deb o‘ylayman.